» » Tanasiga igna sanchilgan chaqaloqning buvisi doppidozlik bilan shugullanishi malum boldi

Tanasiga igna sanchilgan chaqaloqning buvisi doppidozlik bilan shugullanishi malum boldi


Yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarda eng kop muhokama bolgan, foydalanuvchilarni chuqur hayajonga solgan xabar tanasidan 16 ta igna va sim bolagi topilgan chaqaloq taqdiri atrofidagi fikr-mulohazalar hali-hamon poyoniga yetgan emas. Zotan, ushbu kongilsiz xodisaning kelib chiqish sababi, uning oqibati kishini chuqur oyga toldiradi. Bugun kimdir godakning ahvoli juda ogir ekanini aytsa, yana kimdir bu voqelikka oilaviy kelishmovchiliklar sabab bolganini bildirmoqda. Xalq sozi muxbiri masalaga oydinlik kiritish maqsadida chaqaloqning onasi va mahalla faollari bilan uchrashib, aslida nima bolganligiga oydinlik kiritishga harakat qildi.

Abdujabbor Ahmedov, Nayman mahalla fuqarolari yigini raisi:

Chaqaloq dunyoga kelgan Shohsanam Boltaboyeva va Azimjon Xudoyberdiyevlar oilasi mahallamizda tinch-totuv yashayogan oilalardan biri. Oila kattalari Abdumajid va Umidaxon Xudoyderdiyevalar halol mehnat bilan 5 ogilni voyaga yetkazishgan. Chaqaloqning otasi Azimjon oilada tortinchi farzand. U yangi uy qurish maqsadida 2015-yildan buyon Rossiyada ishlaydi. U 2013-yilda Shohsanam bilan turmush qurishgan. Bundan tashqari, ular mahalladosh. Ikki yil farzand korishmadi. 2015-yilning kuzida Shohsanam ham turmush ortogining oldiga ketdi. 2016-yilning iyulida homilali bolganligi bois Fargonaga qaytdi.

Odamlar orasida turli gap-sozlar oralagani bor gap. Lekin men onaning bunday tuban ishga qol urganiga ishonmayman. Negaki, Shohsanam ikki yil sabr bilan Yaratgandan farzand soraydi-yu oz jigarbandining joniga qasd qiladimi? Bunga hech bir sabab kormayapman. Bu mudhish voqea yuz bergandan song jamoatchilik bilan birgalikda chaqaloq vaqtincha yashayotgan xonadonda boldik. Shohsanam Boltaboyevaning onasi Xayrixon Boltaboyeva doppidozlik bilan shugullanadi. Osha kunlari bozordan igna toplamini olib kelgan ekan. Voqeaga ehtiyotsizlik sabab bolishi ham mumkin. Yana kim biladi deysiz...

Akmaljon Qurbonov, Nayman mahalla fuqarolari yigini profilaktika inspektori:

Azimjonning xonadonida joy masalasi muammo bolganligi bois erining maslahati va roziligi bilan Shohsanam ozining ota uyida vaqtincha yashaydi. Yangi yil kuni Shohsanam qaynotasining uyida bayram nishonlashgani, bir-ikki kun erining uyida qolganidan ham xabarim bor. Yani ularning orasida hech qanday nifoq yoq. Qaynonasi Umidaxon Qayumova va oilasi ortasida Shohsanam bilan biror marta ham kelishmovchiliklar roy bermagan. Har ikkala xonadon Azimjon va Shohsanamning xonadoni ham oziga tinch xonadonlardan. Shohsanamda kuchli tasirlanish holatlari yoki salbiy ruhiy bosim mavjud bolmagan.

Uning yakka-yu yagona akasi Sarboz Usubaliyevning bir ogli bor. Yaqinda qizli boldi. Jumagul kelinoyisi bilan munosabatlari risoladagidek. Masalaning oylantiradigan tomoni, shifokorlar ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida ignalar tashqi tasir ostida yuborilgan manosida tibbiy xulosa berdilar. Ularning mutaxassis sifatidagi fikrlariga qoshilaman. Nima bolganda ham bu jumboqli va taajjubli masalaga tergov davomida oydinlik kiritiladi.

Shohsanam Boltaboyeva, chaqaloqning onasi:

Ikki yillik sabr-bardosh bilan ona degan sharafli baxtga erishdim. Nahotki, oz vujudimda toqqiz oy kotarib, dunyoga keltirgan farzandimni oz qolarim bilan nobud qilishga urinsam. Yoq buni, hatto, oylashga ham qorqaman...

Chaqaloqning bobosi Murodjon Boltaboyevning telefon orqali xabar berishicha, hozir poytaxtdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam korsatish ilmiy markazida davolanayotgan 11 oylik Azizbek Abdumajidovning ahvoli yaxshilangan. Shifokorlar uning oziqlanishiga ruxsat berishgan.

AvvalroqBosh prokuratura godak hayotiga qilingan tajovuz yuzasidan aybdor aniqlanib, jazoga tortilishini malum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
: admin (31-01-2018, 10:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
:
-
:
20 ... -