» » Jahon banki O‘zbekistondagi korxonalarning energiya samaradorligini oshirish uchun 200 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistondagi korxonalarning energiya samaradorligini oshirish uchun 200 mln dollar ajratdi


Jahon banki direktorlar kengashi 30-yanvar kuni “Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish. 3-bosqich” loyihasini tasdiqladi. Loyiha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (Jahon banki guruhiga kiradi)ning 200 million dollar hajmidagi qarzi hisobidan moliyalashtiriladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Ushbu loyihaning 2010 va 2013-yillarda tasdiqlangan 1 va 2-bosqichlari mahalliy banklar tomonidan maxsus kredit liniyalari joriy etilishiga imkoniyat yaratgan edi. Jahon banki tomonidan moliyalashtirish doirasida 31 ta yirik davlat sanoat korxonalari ishlab chiqarish jarayoniga energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalarni kiritish uchun jami 125 million dollarlik kreditlarga ega bo‘lgan edi. Natijada 2017-yil oxiri holatiga ko‘ra, ushbu investitsiyalar 358 gigavatt-soat energiya ekvivalentidagi tejamkorlikka hamda atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid gazini yiliga 583 ming tonnagacha kamaytirishga imkon yaratdi.

3-bosqich yirik sanoat korxonalari hamda kichik va o‘rta korxonalar uchun energiya tejovchi texnologiyalarga investitsiya kiritish maqsadida qo‘shimcha moliyalashtirishni taqdim etadi. Uchinchi bosqich doirasidagi investitsiyalar yana 386 gigavatt-soat energiyani tejash va karbonat angidrid gazining atmosferaga chiqishini yiliga 799 ming tonnagacha kamaytirishga yordam berishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют