» » O‘zbekistonda 1-apreldan og‘ir jinoyatlar sudya tomonidan yakka holda ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda 1-apreldan og‘ir jinoyatlar sudya tomonidan yakka holda ko‘rib chiqiladi


“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozadi Norma.

Hujjatga ko‘ra, 2018-yilning 1-aprelidan og‘ir jinoyatlar birinchi instansiya bo‘yicha bitta professional sudya tomonidan, ya’ni yakka holda ko‘rib chiqiladi. Xalq maslahatchilari faqat o‘ta og‘ir jinoyatlar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqishga jalb qilinadi.

Ayni paytda esa og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bitta professional sudya (raislik qiluvchi) va ikkita xalq maslahatchisi tarkibida kollegial (bamaslahat) tarzda; katta jamoatchilik xavfiga ega bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar haqidagi ishlar esa sudya tomonidan yakka holda ko‘rib chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют