» » Qur’on musobaqasining navbatdagi bosqichi 1-fevraldan boshlanadi

Qur’on musobaqasining navbatdagi bosqichi 1-fevraldan boshlanadi


Respublikaning 8 ta hududida Jizzax (122 nafar), Sirdaryo (89 nafar), Samarqand (486 nafar), Buxoro (155 nafar), Navoiy (106 nafar), Xorazm (111 nafar), Surxondaryo (215 nafar) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (112 nafar) Qur’on musobaqasining hududiy bosqichlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Har bir hududdan 18—25 va 26—40 ikki yosh toifasidagi qatnashuvchi erkaklar va ayollar ikki yo‘nalishda, ya’ni “Hifz” (to‘liq yod olgan) va “Tilovat” (qisman yod olgan) bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.

Joylarda musobaqaning shahar va tuman bosqichlari shu yil 15-yanvardan boshlangan edi. Shu kungacha 1396 nafar, shundan 736 erkak, 390 ayol ishtirokchi musobaqada qatnashdi. Ulardan 129 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

“Mazkur 8 ta hududda musobaqa yakunlangandan keyin, hakamlar hay’ati va tashkiliy guruh ikki kunlik tanaffusga chiqdi. Ular 1-fevral kuni yana musobaqalarni o‘tkazishga kirishadi” — deyiladi xabarda.

Shu yilning 1—4-fevral kunlari Andijon viloyatidagi 1182 nafar ishtirokchi shahar va tuman bosqichlarida qatnashadilar. Qolgan viloyatlarda ham navbatma-navbat musobaqalar 15-fevralga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют