» » Angrenda o‘zaro kelishmovchilik oqibatida uka akasiga tan jarohati yetkazdi

Angrenda o‘zaro kelishmovchilik oqibatida uka akasiga tan jarohati yetkazdi


28-yanvar kuni soat 20:50 da Angren shahar IIBga markaziy shifoxonadan tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 20:30 larda tez-tibbiy yordam avtomashinasida Angren shahar, 5/3-dahasida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan, R.M bel sohasining chap tomonida sanchilib-kirgan tan jarohati bilan olib kelinib, yotqizilganligi ma’lum bo‘lgan, deb xabar beradi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

R.M bilan olib borilgan birlamchi tergov oldi tekshiruv harakatlari davomida, u 28-yanvar kuni soat 20:00 larda Angren shahar 5/3-dahasida joylashgan chiqindixonaning oldidan o‘tib ketayotgan vaqtida ehtiyotsizligi tufayli oyog‘i sirpanib ketishi natijasida yiqilib tan jarohati olganligini ma’lum qilgan.

Ushbu holat yuzasidan Angren shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov oldi tekshiruv harakatlari davomida u ukasi 1984-yilda tug‘ilgan S.M bilan o‘zaro janjallashib, natijada S.M oshxona pichog‘i bilan akasining chap bel sohasiga bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Daliliyo ashyo sifatida oshxona pichog‘i olingan.

Shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют