» » Ispaniyada 113 yoshli dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi

Ispaniyada 113 yoshli dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi


Ispaniyaning Byenvenida qishlog‘ida dunyodagi eng keksa erkak hisoblangan 113 yoshli Fransisko Nunyes Oliveyra vafot etdi. Bu haqda The Local nashri xabar berdi, deb yozadi Daily Afisha.

Oliveyra 1904-yilda Byenvenidada dunyoga kelgan. Uning to‘rt nafar farzandi, to‘qqiz nabirasi va 15 evarasi bor.

U o‘zining uzoq yashash sirini dalada ishlash va qishloqning  bir maromdagi yashash tarzida deb ataydi. 90 yoshgacha u sog‘lig‘idan shikoyat qilmagan.

Hozirda sayyoradagi eng keksa erkak nomiga 1905-yilda dunyoga kelgan yaponiyalik Masadzo Nonaka va nemis Gustav Gernet da’vogarlik qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют