» » Toshkentda davomli yer silkinishi sezildi

Toshkentda davomli yer silkinishi sezildi


Bugun, 31-yanvar kuni soat 12.08 da Toshkentda davomli yer silkinishi sezildi.

Zilzila bir daqiqaga yaqin davom etdi.

Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmostansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishi epimarkazi Afg‘onistonning Hindikush tog‘lari hududiga to‘g‘ri kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, epimarkazda 6,1 magnitudali yer silkinishi qayd qilingan.

Zilzila O‘zbekistonning janubiy va sharqiy hududlarida sezilgan.

“Toshkent” seysmostansiyasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, zilzila Toshkentdan 517 km janubi-sharqda Afg‘oniston hududida yuz bergan. Toshkentda yerosti silkinishlari 4 ballni tashkil etgan, qolgan hududlar bo‘yicha hozircha axborot yo‘q.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют