» » AQSh hukumati Apple’ga nisbatan tergov ishini boshladi

AQSh hukumati Apple’ga nisbatan tergov ishini boshladi


AQSh Adliya vazirligi hamda Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi bir qator iPhone modellarining ishini ataylab sekinlashtirgani yuzasidan Apple korporatsiyasiga nisbatan tergovni boshladi. Bu haqda Bloomberg’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Amerika hukumatining taxminicha, Apple eski modeldagi smartfonlarning ishini ataylab sekinlashtirayotganini tan olgan holda ma’lumotlarni oshkor etmaslik borasidagi qonunni buzgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, tekshiruv organlari kompaniya o‘zining bu kabi xatti-harakatlari bilan investorlarni “yo‘ldan adashtirishi” mumkin deya hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, kaliforniyalik Violetta Maylyan ismli ayol Apple o‘zining iPhone 6, iPhone 6 Plus, iPhone 6S Plus hamda iPhone SE kabi modellarning ishini ataylab sekinlashtirib qo‘ygani uchun uni sudga ham bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют