» » Hindistonlik o‘spirin sevgan qizi bilan videochat chog‘ida o‘z joniga qasd qildi

Hindistonlik o‘spirin sevgan qizi bilan videochat chog‘ida o‘z joniga qasd qildi


19 yoshli hindistonlik yigit WhatsApp messenjeri orqali videoqo‘ng‘iroq chog‘ida o‘z joniga qasd qildi. Bunday xatti-harakat sababi borasidagi asosiy versiya — yigitning sevgilisi bilan munosabatlari ota-onasi tomonidan tanqid qilingani. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Fojia tafsilotlari haqida politsiyaga yigitning ma’shuqasi gapirib berdi. Patna shahrida yashovchi Akash Kumar qiz bilan so‘nggi marta muloqot qilish uchun unga messenjer orqali qo‘ng‘iroq qilgan — yigit va qizning oilalari ularning ishqiy munosabatlariga qarshi bo‘lgani tufayli, yoshlar ayrilishi kerak edi.

Qiz videochatga qo‘shilganida Kumar karavotda yotib, boshida to‘pponcha o‘qtalib turgan. Qiz undan qurolni nari olib, o‘qini chiqarishni so‘ragan, ammo u bosh tortgan. Kumarning jasadini keyinroq uning qarindoshi topib olgan.

Hindiston OAVlari hodisaga baxtsiz muhabbat emas, yigitning o‘qishi yaxshi emasligi sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda. Ba’zi manbalar esa Kumarning otasi u jinoyatga aloqador oilaning qizi bilan uchrashishini istamaganligi, muammo shundan kelib chiqqanligini ta’kidlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют