» » Tramp Kongressga murojaatida KXDR “buzilgan” rejimining “yadroviy tahdidi” haqida so‘zladi

Tramp Kongressga murojaatida KXDR “buzilgan” rejimining “yadroviy tahdidi” haqida so‘zladi


AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Kongressga murojaatida KXDRning yadroviy raketalari “juda yaqin vaqtlar ichida” Qo‘shma Shtatlarga xavf tug‘dirishi mumkinligini ma’lum qildi. Prezidentning murojaati Oq uyning Twitter’dagi kanalida translyatsiya qilindi, deb xabar berdi “Vedomosti”.

“Amerika va uning ittifoqchilariga xavf solayotgan yadroviy tahdidning ko‘lamini anglash uchun Shimoliy Koreya rejimining ‘buzuq’ xarakteriga qarashning o‘zi kifoya”, — dedi Tramp. Shuningdek, uning aytishicha, Vashington KXDRga nisbatan “maksimal bosim kampaniyasi”ni o‘tkazmoqda.

24-yanvar kuni AQSh hukumati Shimoliy Koreya neft sanoati vazirligi va oltita dengiz kemalariga nisbatan o‘z sanksiyalarini kengaytirgan edi. Sanksiyalar ro‘yxatidan yadroviy va raketa dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etuvchi KXDRning 16 nafar fuqarosi o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют