» » Tramp: AQSh yuzlab terrorchilarni, shu jumladan, IShID boshlig‘ini ozodlikka chiqarib yuborgan

Tramp: AQSh yuzlab terrorchilarni, shu jumladan, IShID boshlig‘ini ozodlikka chiqarib yuborgan


AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zidan oldingi prezidentlar “yuzlab xavfli terrorchilarni, shu jumladan, IShID guruhi boshlig‘i Abu Bakr al-Bag‘dodiyni o‘ylamasdan qo‘yib yuborgani” haqida eslatdi, deb yozadi “TASS”.

“Ilgari biz yuzlab xavfli terrorchilarni, shu jumladan, IShID boshlig‘i al-Bag‘dodiyni mulohazasizlik bilan qo‘yib yuborib, endi ular bilan jang maydonida yana uchrashib turibmiz”, — dedi Oq uy rahbari. U 31-yanvar, seshanba kuni Obamaning Guantanamodagi maxsus qamoqxonani yopish haqidagi farmonini bekor qilganini qo‘shib qo‘ydi. Prezident AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettisga Guantanamoda hibsda saqlash bo‘yicha Amerika harbiy siyosatini qayta ko‘rib chiqishni topshirdi.

Tramp terrorchilarni yo‘q qilish kerakligini, zarur bo‘lganida esa, ularni qo‘lga olib, so‘roq qilish zarurligini aytdi.

Tramp Kongressni IShID va “Al Qoida” bilan kurashda Vashingtonga ta’qib qilinayotgan terrorchilarni qayerda bo‘lmasin qo‘lga olish uchun zarur huquqlarga ega bo‘lish imkonini beruvchi qonun loyihalarini qabul qilishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют