» » AQShlik erkakdan 18 mln kishini o‘ldirishga yetadigan narkotik musodara qilindi

AQShlik erkakdan 18 mln kishini o‘ldirishga yetadigan narkotik musodara qilindi


AQShda Iisus Karrilyo-Pineda ismli erkak narkotiklar tarqatganlik uchun o‘n yilga qamaldi, deb yozadi The Independent.

Uning sherigi Deniyel Vaskesni esa olti yillik qamoqqa hukm qilishdi. Erkaklardan 45 kilogramm kuchli sintetik opioid — fentanilni musodara qilishdi. Dilerlar uni geroin yoki kokain bilan aralashtirib, qalbaki og‘riq qoldiruvchi hapdorilarni yasagan. Bunday aralashmaning hatto kichik dozasi ham odamni o‘ldirishi mumkin.

Ular 2017-yilning iyunida Nyu-Jersida qo‘lga olingan. Shtat bosh prokurori ularning hibsga olinishi natijasida juda ko‘p odamlarning hayoti saqlab qolinganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, musodara qilingan fentanil butun shtat va yana Nyu-York aholisini — 18 million kishini o‘ldirishga yetgan bo‘lardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют