» » Belarus favqulodda vaziyatlar vazirligi delegatsiyasi Samarqand shahriga tashrif buyurdi

Belarus favqulodda vaziyatlar vazirligi delegatsiyasi Samarqand shahriga tashrif buyurdi


O‘zbekiston va Belarus respublikalari favqulodda vaziyatlar vazirliklari qutqaruv xizmatlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi o‘quv mashqlarida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Belarus favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari A.Xudoleyev boshchiligidagi rasmiy delegatsiya qadimiy Samarqand shahriga tashrif buyurdi, deb xabar beradi O‘zbekiston hukumat portali.

“Mehmonlar o‘z tashrifini buyuk davlat va siyosat arbobi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov mangu qo‘nim topgan muborak joy Hazrati Xizr maqbarasiga qabriga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirishdan boshladi. Mehmonlar majmuada olib borilgan yuksak me’morchilik san’ati asosida bajarilgan ishlar, o‘rnatilgan salobatli ustunlar, yog‘och eshiklarga o‘ymakorlik san’ati asosida yaratilgan bezaklarga alohida urg‘u berib o‘tdi”, — deyiladi xabarda.

Mehmonlar, shuningdek shaharning diqqatga sazovor Shoxi-Zinda kompleksi, Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi va Doniyor Payg‘ambar ziyoratgohida bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют