» » Adham Islomov Markaziy bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi

Adham Islomov Markaziy bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi


O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Adham Islomov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Adham Islomov Toshkent Moliya institutining bank ishi fakultetida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 1993-yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Astronomiya institutida boshlagan.

Bank sohasidagi faoliyatini 1998-yilda ATB “Asaka bank”da oddiy mutaxassislikdan boshlagan. 2006-yil aprelidan 2008-yil avgustigacha bankning Xalqaro hamkorlik va eksport-import operatsiyalari departamenti, keyin Moliyaviy tahlil, strategik rivojlanish departamenti boshliqlari o‘rinbosari vazifalarini egallagan.

2008—2011-yillarda Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, sho‘ba mudiri lavozimida ishlagan.

2011—2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, so‘ng vaqtincha boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.

2014—2018-yillarda O‘zbekiston Prezidenti Devoni ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmatining bosh konsultanti lavozimida faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют