» » Usmonxon Alimov Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi Ravil Gaynutdinga minnatdorchilik maktubini yo‘lladi

Usmonxon Alimov Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi Ravil Gaynutdinga minnatdorchilik maktubini yo‘lladi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi, Rossiya muftiylar kengashi raisi, Rossiya prezidenti huzuridagi Diniy birlashmalar bilan aloqalar Kengashi a’zosi, muftiy shayx Ravil Gaynutdinga minnatdorlik maktubini yo‘lladi, deb xabar berdi diniy idora matbuot xizmati.

Muhtaram muftiy hazratlari, O‘zbekiston Islom akademiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tib, guvohnoma olishi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi va Rossiya muftiylar kengashi nomidan yo‘llagan tabrigingizdan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi. Mamlakatimizdagi ushbu ulkan yangilikni Rossiya musulmonlari qo‘llab-quvvatlagani mo‘min-musulmonlarimiz quvonchini yanada oshirdi.

Sizning O‘zbekiston Islom akademiyasi tashkil etilishi munosabati bilan yo‘llagan iliq so‘zlaringiz ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga yetkazilganda hamma birdek mamnun bo‘ldi.

Ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom Termiziy davrida bo‘lgani kabi bugun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qo‘llab-quvvatlovi bilan yurtimizda islomiy oliy ta’limning shonli an’analari qayta tiklanayotgani haqidagi fikrlaringiz barchamizni juda ham shodlantirib yubordi.

Samimiy tilaklaringizda, Islom akademiyasining dinimiz manfaati yo‘lida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishini bildirganingiz uchun tashakkur. Biz ham o‘z navbatida Islom akademiyasi ishini rivojlantirish, kasbiy va ilmiy salohiyatni oshirishda Sizning vakillaringizni ko‘rishdan baxtiyor bo‘lishimizni izhor qilamiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va mo‘min-musulmonlar nomidan Siz janobi oliylariga, jamoangizga mana shunday xursandchilik kunlarda chin qalbdan birga-birga ekaningiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Usmonxon Alimov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi

Eslatib o‘tamiz, Rossiya musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimovni islom akademiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani bilan tabriklagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют