» » O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Turkiyada namoyish etildi

O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Turkiyada namoyish etildi


Turkiyaning Istanbul shahrida “EMITT-2018” 22-xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Istanbul xalqaro sayyohlik yarmarkasi dunyo miqyosidagi yirik xalqaro tadbirlardan hisoblanadi. 2018-yilgi yarmarkada 80 dan ziyod mamlakatdan 1000 dan ortiq sayyohlik firma va kompaniyalari vakillari, ekspert va olimlar ishtirok etdi.

Tuyap Istanbul Fair ko‘rgazma zalida tashkil etilgan “EMITT – 2018” xalqaro sayyohlik yarmarkasida turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “Zilol Baxt” mehmonxonasi hamda bir nechta sayyohlik kompaniyalari ishtirok etdi.

“Ko‘rgazmada namoyish etilgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” stendida milliy aviatashuvchi faoliyati haqidagi axborot materiallari, MAK aviaparki, aviakompaniya qatnovlari jadvali va O‘zbekistonga tur-paketlarning ko‘rgazma vaqtida sotilishi mumkinligi unga tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb qildi va 4 kun davomida nafaqat turizm sohasi vakillari, balki bevosita ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarda ham qiziqish uyg‘otdi”, — deyiladi xabarda.

Xalqaro sayyohlik yarmarkasi tashkilotchilar tomonidan tarixiy obidalar va milliy qadriyatlar aks etgan “O‘zbekiston” stendi “Eng yaxshi stend” deb topildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют