» » Urganch shahrida O‘zbekiston—Koreya biznes-forumi o‘tkazildi

Urganch shahrida O‘zbekiston—Koreya biznes-forumi o‘tkazildi


2018-yil 30-yanvar kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Koreya ishbilarmon doira vakillari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirokidagi O‘zbekiston—Koreya biznes-forumi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston va ushbu mintaqaning eksport, investitsiya va turistik salohiyatini namoyish etish, shuningdek, ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish va kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash, yangi qo‘shma korxonalar soni hamda ikki tomonlama mahsulot aylanmasini oshirishdan iborat.

Forumda Janubiy Koreyada qurilish, kosmetika, savdo, zargarlik buyumlari, shaxsiy gigiyena buyumlari, gazballon uskunalari, qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlab chiqarish, to‘qimachilik va to‘qimachilik qurilmalari sohasida faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalarning 30 dan ortiq vakili, shuningdek, Xorazm viloyatining Koreya kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirgan yirik korxona va kompaniyalarning 150 dan ortiq vakili ishtirok etdi.

Ishbilarmonlik uchrashuvi chog‘ida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida Koreyaning asosiy savdo hamkori hisoblanadi, jumladan Koreya Respublikasining mintaqa davlatlari bilan mahsulot aylanmasi hajmining yarmidan ortig‘i O‘zbekiston ulushiga to‘g‘ri keladi.

Asosiy eksport pozitsiyalari: transport, qurilish va turizm xizmatlari, paxta tolasi, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, qurilish materiallari, tolali massa.

Import pozitsiyalari: avtotransport vositalarining qismlari, mexanik va elektr uskunalari, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, qora metalldan ishlangan buyumlar, kimyoviy mahsulotlar, rezina mahsulotlari va h.k.

Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmi 7 milliard AQSh dollaridan oshdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Koreya kapitali ishtirokidagi 460 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda (386 ta qo‘shma korxona va 100 foiz koreys kapitaliga ega 75 ta korxona). O‘zbekistonda Koreyaning 75 ta kompaniyasi vakolatxonasi akkreditatsiyadan o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют