» » Samarqandda haydovchi telefonga chalg‘ishi oqibatida yuz bergan YTHda 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda haydovchi telefonga chalg‘ishi oqibatida yuz bergan YTHda 2 kishi halok bo‘ldi


Joriy yilning 28-yanvar kuni soat 20:00 da Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, “Paxtaobod” MFY, “Chorjuy” qishlog‘i hududidan o‘tgan M-37 avtomobil yo‘lining to‘qqizinchi kilometrida 1989-yilda tug‘ilgan, Ishtixon tumanida yashovchi N. ismli shaxs boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinada harakatlanib ketayotgan vaqtda yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Haydovchi  A. ismli shaxsning uyali telefon apparatini zaryad qilish uchun qo‘yish vaqtida e’tiborini susaytirishi natijasida boshqaruvni yo‘qotib, o‘zidan oldin harakatlanib ketayotgan “GAZ-5327” rusumli avtomashinaning orqa tomoniga urilgan, oqibatda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, Nexia rusumli avtomashinada bo‘lgan to‘rt nafar fuqaro tan jarohati olgan. Yo‘lovchilardan ikki nafari RShTYoIM Samarqand filialida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют