» » Ilonni mototsiklda olib kelishga uringan malayziyalik erkak halok bo‘ldi

Ilonni mototsiklda olib kelishga uringan malayziyalik erkak halok bo‘ldi


Malayziya fuqarosi mototsiklda harakatlanayotib bo‘g‘ma ilon bo‘g‘ishi oqibatida halok bo‘ldi. Erkak ilonning boshidan ushlab kelayotgan edi, deb yozadi Daily Mail.

35 yoshli ishsiz Zaim Xalis Kosnan sudralib yuruvchini 28-yanvar kuni tongda uyiga qaytish yo‘lida uchratdi. U ilonni tutish va sotish uchun uning ortidan qo‘lqop va ilon ovlovchi ilgagi bilan mototsiklda qaytishga qaror qildi.

Kosnan bo‘g‘ma ilonni tutishga erishdi, biroq uni olib kela olmadi: jahli chiqqan sudralib yuruvchi uning boshidan ushlab mototsiklda olib kelayotgan erkakni bo‘g‘ib o‘ldirdi.

Erkakning jasadi bir necha soatdan so‘ng topildi. Mahalliy aholi Kosnan jasadini ozod qilish uchun ilonni o‘ldirdi. Bo‘g‘ma ilonning uzunligi uch yarim metrga yaqin bo‘lgan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Kosnan ilon uni bo‘g‘a boshlaganda mototsikldan qulab tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют