» » AQSh o‘z razvedkachi samolyotining Rossiyaga tegishli Su-27 tomonidan tutib qolinishi tasvirlangan videoni e’lon qildi (video)

AQSh o‘z razvedkachi samolyotining Rossiyaga tegishli Su-27 tomonidan tutib qolinishi tasvirlangan videoni e’lon qildi (video)


AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Qora dengiz uzra EP-3 Aries razvedkachi samolyotining “xavfsiz bo‘lmagan” holda Rossiyaning Su-27 qiruvchisi tomonidan tutib qolinishi tavirlangan videoni o‘z saytiga joylashtirdi, deb xabar berdi “Vedomosti”.

Noxush hodisa 29-yanvar kuni Rossiya chegarasi yaqinidagi xalqaro havo maydonida sodir bo‘lgan. AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining xabarida ta’kidlanishicha, Rossiyaga tegishli qiruvchi samolyot 1,5 metr yaqinlikdan uchib, “Amerika samolyotining harakat trayektoriyasini kesib o‘tgan”. Tutib qolish vaqti 2 soat-u 40 daqiqani tashkil etdi.

Harbiy-dengiz kuchlari vakillarining aniqlik kiritishicha, “AQSh samolyoti xalqaro qonunlarga muvofiq harakatlangan va Rossiya tomonidan bu kabi faollikning amalga oshirilishini ataylab provokatsiya qilmagan”.

“Rossiya harbiylari xalqaro havo maydonida bu kabi harakatlarni amalga oshirishi mumkin (kuzatuvni bajarishi), biroq ular o‘zlarini xavfsizlik va noxush hodisalarning oldini olish uchun o‘rnatilgan xalqaro standartlarda mos ravishda tutishlari kerak”, — deyiladi xabarda.

Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, qiruvchi samolyotlar Amerika razvedkachilari mamlakat chegarasini kesib o‘tmasligi uchun ularga xavfsiz bo‘lgan oraliq masofada yaqinlashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют