» » Rustam Inoyatov O‘zbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Rustam Inoyatov O‘zbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlandi


Rustam Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“2018-yil 31-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5317-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 24 bandiga muvofiq Rustam Rasulevich Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Raisi lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi xabarnomada.

Oldinroq Rustam Inoyatovning o‘rniga Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga Ixtiyor Abdullayev tayinlangani ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют