» » Toshkent tibbiyot akademiyasining 2 talabasi firibgarlik uchun 8 yilga qamalishi mumkin

Toshkent tibbiyot akademiyasining 2 talabasi firibgarlik uchun 8 yilga qamalishi mumkin


Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi 1971-yilda tug‘ilgan Rustam Sharopov ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar berdi “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati.

Fuqaro o‘z murojaatida Toshkent tibbiyot akademiyasining ikki nafar talabasi o‘g‘lini o‘qishga kiritib berishni va’da qilib, 50 million so‘m pulini olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganini ma’lum qilgan.

Aniqlanishicha, mazkur firibgarlik jinoyatini Toshkent tibbiyot akademiyasining 5-kurs talabalari Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 1989-yilda tug‘ilgan Shuhrat Mamatqulov va Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan Sadriddin Tog‘ayevlar sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan Shuhrat Mamatqulov va Sadriddin Tog‘ayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют