» » Shavkat Mirziyoyev: Milliy xavfsizlik xizmatining tarkibiy tuzilishini qayta korib chiqish kerak

Shavkat Mirziyoyev: Milliy xavfsizlik xizmatining tarkibiy tuzilishini qayta korib chiqish kerak


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31-yanvar kuni Milliy xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan hayat yigilishi bolib otdi. Yigilish sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili va Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish boyicha chora-tadbirlarga bagishlandi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Yigilishda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, Prezident devoni vakillari, hukumat azolari, shuningdek, MXX markaziy apparati va hududiy tuzilmalarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yigilishda alohida takidlandiki, hamma zamonda har qanday davlatning eng asosiy vazifalaridan biri shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini taminlash bolgan va shunday bolib qoladi.

Aynan shuning uchun ham Ozbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridan milliy xavfsizlik masalalari mamlakat ichki va tashqi siyosatining eng ustuvor yonalishi etib belgilandi. Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, odam savdosi, narkotik moddalar va qurol-yarog vositalarining noqonuniy savdosi kabi transmilliy tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda ushbu vazifalarga alohida etibor qaratish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Otgan davrda Milliy xavfsizlik xizmati Ozbekiston suverenitetini, mustaqilligini va hududiy yaxlitligini saqlash hamda himoya qilish ishlariga salmoqli hissa qoshgani qayd etildi. Bu, ayniqsa, yaqin va uzoq yon-atrofda roy bergan turli inqirozlar, ayrim buzgunchi kuchlar tomonidan mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga urinishlar sodir etilgan juda ogir yillarda yaqqol namoyon boldi.

Shu bilan birga, yigilishda Milliy xavfsizlik xizmatining faoliyati xolis baholangan holda, uning ayrim bolinmalari va hududiy boshqarmalari faoliyati tanqid qilindi. Idoralararo hamkorlik, tezkor va qidiruv tadbirlarini otkazish, shuningdek, kadrlar bilan ishlash borasida yol qoyilayotgan kamchiliklar aniq misollar bilan korsatib otildi.

Davlat rahbari zamon talablaridan kelib chiqqan holda, Milliy xavfsizlik xizmatining tarkibiy tuzilishini qayta korib chiqish kerakligini takidladi. Maxsus xizmat doirasiga kirmaydigan vazifalar bilan shugullanadigan, boshqa davlat tuzilmalari faoliyatini takrorlaydigan bolinmalarni tugatish, ayni vaqtda milliy xavfsizlikning ustuvor yonalishlarini taminlaydigan bolinmalarni mustahkamlash zarurligi korsatib otildi.

Ozbekiston taraqqiyotining Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan keng kolamli vazifalardan kelib chiqqan holda, mamlakatning barcha sohalari davr talabi asosida tubdan isloh etilayotgan yangi sharoitda Milliy xavfsizlik xizmatining yaqin kelajakka moljallangan ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Prezident Milliy xavfsizlik xizmati davlatning huquq-tartibot organlaridan biri sifatida ozining kundalik faoliyatini mamlakatning barcha vazirlik va idoralari uchun asosiy faoliyat mezoniga aylangan Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan tamoyil asosida tashkil etishi zarurligini alohida takidladi.

Joriy yilda Ozbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati togrisidagi qonuni ishlab chiqilishi va qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega. Qonunda MXXning asosiy funksiya va vazifalari belgilab beriladi va, eng muhimi, uning qabul qilinishi bilan mamlakat huquq-tartibot organlarining vakolat doiralari aniqlashtirib olinadi.

Prezident MXX oquv yurtlarining rahbarlari va professor-oqituvchilariga yosh kadrlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakat qonunchiligi talablariga ogishmay rioya etish, turli sinovlarga chidamli bolish, oz ustida muntazam ishlash va professional mahoratini uzluksiz oshirib borishga intilish kabi masalalarga alohida etibor qaratishni qatiy vazifa qilib qoydi.

Shuningdek, oldin xabar berilganidek, yigilishda Prezidentning davlat maslahatchisi etib tayinlangani munosabati bilan Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Prezident farmoniga binoan Respublika Bosh prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullayev Milliy xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi.

Milliy xavfsizlik xizmati va uning bolinmalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish boyicha masul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (31-01-2018, 20:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -