» » O‘zbekiston Kuvayt fondi bilan 30 mln dollarlik zayom kelishuvini imzoladi

O‘zbekiston Kuvayt fondi bilan 30 mln dollarlik zayom kelishuvini imzoladi


O‘zbekiston Kuvayt arab iqtisodiy rivojlanish fondi bilan 30 million dollarga zayom shartnomasi imzoladi. Bu haqda, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Oldinroq fond delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurgani ma’lum qilingan edi. Kelishuv ushbu tashrif doirasida imzolandi.

Ushbu mablag‘ “Qishloq hududida zarur muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infrastrukturasini yaxshilash bilan uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Loyiha doirasida 138 kilometr yo‘l, 198 kilometr suv quvurlari tarmoqlari, 151 kilometr elektr ta’minoti tarmoqlari, 151 kilometr gaz ta’minoti tarmoqlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridagi 62 mahalla markazlari va savdo maydonlaridan iborat ijtimoiy va bozor obyektlari barpo etish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют