» » Ahmadboy ishi bo‘yicha olib qo‘yilgan 105 avtomobil egalariga qaytarib berildi (video)

Ahmadboy ishi bo‘yicha olib qo‘yilgan 105 avtomobil egalariga qaytarib berildi (video)


Chinozlik Ahmadboyning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilgan vaqtda olib qo‘yilgan turli rusumdagi 105 ta avtomobil o‘z qonuniy egalariga qaytarib berildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24”ning “Axborot 24” dasturida ma’lum qilindi.

Milliy xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolar bu transport vositalarini ikki barobar ko‘paytirib olish sharti bilan, Ahmadboyga ixtiyoriy ravishda topshirgan. Ayni vaqtda ular Ahmadboydan pul olishga ulgurmagan.

Avtomobilini qaytarib olayotgan bir guruh fuqarolar “Axborot 24”ga qisqa intervyu bergan bo‘lib, ularning deyarli bari o‘z vaqtida avtomobilidan umidini uzib bo‘lgani, bugun mashinalar qaytarib berilayotganidan juda xursand ekanini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: Chinozlik Ahmadboyga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют