» » MXXning yangi rahbari, O‘zbekistonda sezilgan davomli zilzila, Ahmadboydan olib berilgan 105 avtomobil va kunning boshqa muhim xabarlari

MXXning yangi rahbari, O‘zbekistonda sezilgan davomli zilzila, Ahmadboydan olib berilgan 105 avtomobil va kunning boshqa muhim xabarlari


31-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov o‘rniga Ixtiyor Abdullayev tayinlandi. MXXning yangi raisi Ixtiyor Abdullayev kim?

2. Rustam Inoyatov O‘zbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Otabek Murodov esa O‘zbekiston bosh prokurori lavozimini egalladi.

3. Bitta suratda: O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining barcha raislari; O‘zbekistonning barcha bosh prokurorlari.

4. Toshkentda davomli yer silkinishi sezildi. Zilzila epitsentri — Afg‘onistondagi Hindikush tog‘larida. “Toshkent” seysmostansiyasidan “Axborot 24”ga ma’lum qilishlaricha, bu zilzila O‘zbekistonning barcha hududlarida sezilgan.

5. Ahmadboy ishi bo‘yicha olib qo‘yilgan 105 avtomobil egalariga qaytarib berildi. Xabar berishlaricha, Ahmadboyga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda.

6. Uylarni bitkazib, uylanish uchun Moskvada ishlayotgan andijonlik quruvchi-alpinist hikoyasi. “Daryo” xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlarning fikrlarini e’lon qilishda davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют