» » Voronejda sintetik narkotiklar savdosi bilan shug‘ullangan 26 kishi qo‘lga olindi

Voronejda sintetik narkotiklar savdosi bilan shug‘ullangan 26 kishi qo‘lga olindi


Voronej politsiyachilari Rossiyaning 4 viloyatida narkotiklar savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruhning 26 nafar a’zosini qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya IIV matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

IIVga ko‘ra, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan mazkur shaxslar Voronej, Lipetsk, Ryazan viloyatlari va Moskva mintaqasida narkotik moddalarni noqonuniy o‘tkazish bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Sintetik narkotiklar internetda elektron dasturlar yordamida tarqatilgan.

Tintuvlar chog‘ida gumonlanuvchilardan 5 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют