» » Gonkongda hafta mobaynida Ikkinchi jahon urushi yillaridan qolgan ikkinchi bomba topildi

Gonkongda hafta mobaynida Ikkinchi jahon urushi yillaridan qolgan ikkinchi bomba topildi


Gonkongda 31-yanvar, chorshanba kuni Ikkinchi jahon urushi davriga mansub hafta mobaynidagi ikkinchi bomba topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Bomba ishchilar tomonidan Van Chay tumani hududidagi metroning yangi tarmog‘i qurilishida, o‘tgan shanba AQShning xuddi shunday 450 kilogrammli ANM-65 snaryadi topilgan joydan atigi 10 metr narida aniqlandi.

O‘tgan gal snaryadni zararsizlantirish uchun sapyorlarga bir sutkadan ko‘proq vaqt talab etilgandi.

Voqea joyida sapyorlar, o‘t o‘chiruvchilar, politsiya xodimlari ishlamoqda, shifokorlar navbatchilik qilmoqda. Butun perimetr qurshab olindi, politsiya yaqin atrofdagi 12 ta binodan 3 mingga yaqin kishini evakuatsiya qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют