» » Janubiy Afrikada turistlar filchaning buyvollar tomonidan qutqarib qolinganini tasvirga oldi (video)

Janubiy Afrikada turistlar filchaning buyvollar tomonidan qutqarib qolinganini tasvirga oldi (video)


Janubiy Afrikadagi turistlar buyvollar to‘dasi yosh filchani qanday qilib sherlar hujumidan qutqarib qolganining guvohiga aylandi. Ular “qutqaruv operatsiyasi”ni Kryuger milliy bog‘ida tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.

Buyvollar to‘dasini bir nechta sherlardan qochib, butalar orasiga berkinib turgan kichkina filcha befarq qoldirmadi. Hayvonlar yirtqichlarga hujum qilib, ularni quvib yubordi.

Zoologlarning hisoblashicha, buyvollarning bu kabi xatti-harakati filchani qutqarish uchun emas, balki o‘z bolalarini himoya qilishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, ularning ta’kidlashicha, yovvoyi tabiatda sherlar va buyvollar doimo o‘zaro qarama-qarshidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 1) ( 97) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...