» » United Airlines “ruhiy ko‘mak beruvchi” tovusni samolyot bortiga chiqarmadi

United Airlines “ruhiy ko‘mak beruvchi” tovusni samolyot bortiga chiqarmadi


United Airlines aviakompaniyasi Dekster laqabli tovusni Nyu-Jersidan Los-Anjelesga uchuvchi samolyot bortiga chiqarishdan bosh tortdi. Tovusning egasi “ruhiy ko‘mak” uchun uni o‘zi bilan olib ketishga uringan, biroq kompaniya xodimlari “maksimal vazn va o‘lchamlarning” me’yordan ortiqchaligi sababli qushni bortga chiqarmagan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Aviakompaniya nogiron va ruhiy kasalligi bo‘lgan yo‘lovchilarga ularni tinchlantiruvchi hayvonlarni samolyotga olib chiqishga ruxsat beradi. United Airlines vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ular Deksterning egasini tovus talablarga mos kelmasligi haqida uch marta ogohlantirgan. Ayol qush uchun chipta sotib olmoqchi bo‘lgan, biroq bunga rad javobi berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 01:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют