» » Samsung foydalanuvchilarni kuzatish uchun mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqdi

Samsung foydalanuvchilarni kuzatish uchun mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqdi


Samsung kompaniyasi Yevropa va Koreyada Uhssup savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Hujjatlarda Samsung ijtimoiy dasturni “foydalanuvchining joylashgan joyini aks ettirish va bo‘lishish, shuningdek, boshqa foydalanuvchilarni qidirish, topish va ular bilan hamkorlik qilish” imkonini beruvchi dastur sifatida ta’riflagan.

Facebook’ka tegishli WhatsApp messenjeri, shuningdek, Google Maps joylashgan joyni real vaqtda kuzatish funksiyasini joriy qilganiga ancha bo‘lgan. Samsung dasturga nima sababdan bunday nom bergani tushunarsiz, ehtimol bu qandaydir koreyscha iboraning talaffuzi bo‘lishi mumkin.

Uhssup mobil qurilmalar egalariga dastur orqali bir-birini tezkorlik bilan topish va oson aloqaga kirishish imkoniyatini beradi. Samsung Galaxy S9 va S9+ ning 25-fevral kuni Barselonadagi taqdimotida u haqda ko‘proq narsa oshkor bo‘lishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют