» » Galaxy X Samsung’ning 2018-yildagi eng innovatsion flagmaniga aylanadi

Galaxy X Samsung’ning 2018-yildagi eng innovatsion flagmaniga aylanadi


Tarqalgan yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung birinchi marta shu yilning o‘zida bir yo‘la uchta flagmanni bozorga chiqarishi mumkin, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Aynan uchinchisi chinakamiga innovatsion bo‘ladi. Bunda gap CES 2018 konferensiyasida maxfiy tarzda namoyish etilgan Galaxy X buklama smartfoni haqida bormoqda.

Samsung choraklik natijalarini e’lon qilar ekan, Galaxy X haqida ham ba’zi ma’lumotlarni oshkor qildi. Kompaniya tezkor va doimiy xotira chiplari rekord darajada sotilganini, shuningdek, bu yil buklama qurilma chiqarish niyati borligi haqida ma’lum qildi.

“Mobil qurilmalarga kelsak, Samsung buklama OLED-displeylar singari ilg‘or texnologiyalar hisobiga taklif etilayotgan smartfonlar lineykasini kengaytirish bo‘yicha o‘z harakatlarini davom ettiradi”, — deyiladi hisobotda.

“Buklama OLED-displey” deganda o‘rtasidan bukila oladigan ekranlar nazarda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют