» » Taniqli urbanist Arkadiy Gershman Toshkent va Samarqandga tashrif buyuradi

Taniqli urbanist Arkadiy Gershman Toshkent va Samarqandga tashrif buyuradi


Toshkentga “Gazeta.uz” taklifi bilan rossiyalik taniqli usbanist va zamonaviy shahar g‘oyalarini ommalashtiruvchi Arkadiy Gershman yetib keldi, deb yozadi nashr.

Arkadiy Gershman — “Odamlar uchun shahar” va “Velomoskva” ommabop loyihalari muallifi. Internet foydalanuvchilari uni rossiyalik taniqli bloger Ilya Varlamov hamda Ilya Varlamov va Maksim Katsning “Shahar loyihalari” shaharlarni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlik yuzasidan yaxshi taniydi.

O‘zbekistonga uch kunlik tashrifi chog‘ida Arkadiy Gershman “Gazeta.uz” muallifi Nikita Makarenko bilan Toshkent va Samarqand shahar infratuzilmasini hamda uning zamonaviy shahar standartlariga muvofiqligini batafsil o‘rganadi.

Arkadiy Gershman ko‘chalar va yo‘llar, jamoatchilik joylarining hozirgi holati bilan tanishadi, shuningdek, shaharlardagi jamoat transporti tizimi holatini o‘rganadi.

Barcha kuzatishlar, tavsiyalar va amaliy yechimlar fevral oyi davomida “Gazeta.uz”ning “Orzudagi Toshkent” loyihasi doirasida e’lon qilib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют