» » O‘zbekistonda 303 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi. Shundan 240 tasi qishloq joylariga mo‘ljallangan

O‘zbekistonda 303 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi. Shundan 240 tasi qishloq joylariga mo‘ljallangan


Yaqin istiqbolda O‘zbekistonda yana 303 ta yangi avtobus yo‘nalishi joriy etiladi. Ularning 240 tasi qishloq joylariga mo‘ljallangan, deb yozadi “Xalq so‘zi”. 2000-yilda respublika bo‘yicha 2032 ta yo‘nalishda aholiga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich 4375 taga yetdi.

Qolaversa, avtobuslarda onlayn GPS tizimi orqali masofadan kuzatish tizimi joriy etilayapti. Respublika avtomobil va daryo transporti agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatning turli shaharlarida avtobus va mikroavtobuslarga shunday qurilmalar o‘rnatilib, sinovdan o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib jamoat transportida yo‘l haqini naqd pulsiz to‘lash tizimi amalga kiritilmoqda. Respublikaning barcha shaharlarida bosqichma-bosqich joriy etiladigan bu jarayonga mo‘ljallangan qurilmalar Xitoyning Yiwu Angnu Trading Company kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют