» » Sankt-Peterburgda o‘g‘rilar do‘konni o‘marib qochayotganida avariya uchradi va ko‘chada otishma uyushtirdi (video)

Sankt-Peterburgda o‘g‘rilar do‘konni o‘marib qochayotganida avariya uchradi va ko‘chada otishma uyushtirdi (video)


31-yanvar kechasi Sankt-Peterburg janubi-sharqidagi “Adamas” zargarlik buyumlar do‘koniga uch nafar qurollangan erkak bostirib kirib, o‘g‘rilik sodir etdi, deb xabar berdi TJournal.

Ular voqea joyidan do‘kon yaqinida kutib turgan mashinasiga o‘tirib, shahardan chiqib ketish tomonga harakatlangan va ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Biroq ushbu hududda “Qo‘lga olish” rejasi o‘tkazilayotgan bo‘lgan va politsiya tasodifan jinoyatchilarning mashinasiga duch kelgan.

Jinoyatchilar qochishga uringan, ammo yo‘llar muzlama bo‘lib yotganligi sabab ular chorrahalardan birida avariyaga uchragan. Shundan so‘ng o‘g‘rilar mashinadan tushgan va politsiyachilar bilan otishma yuzaga kelgan. O‘g‘rilardan biri qorni va ko‘kragidan, boshqasi yelkasidan o‘q yegan. Politsiya tomonidan 31 yoshli serjant oyog‘idan jarohat olgan.

Otishmaning so‘nggi daqiqalarida ishdan qaytayotgan “jangovar bo‘lim”ning tezkor xodimi vaziyatga aralashgan. U jinoyatchilardan birining qo‘liga kishan taqilishiga yordam ko‘rsatgan. Jinoyatchilarning uchinchisi qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Hozircha qolga olingan o‘g‘rilarning biri dog‘istonlik, ikkinchisi gruziyalik ekanligi ma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют