» » Qarshi va Shahrisabzda ezgulik patrullari ish boshladi

Qarshi va Shahrisabzda ezgulik patrullari ish boshladi


Sayyohlarga qulaylik yaratish va ularning xavsizligini ta’minlash maqsadida Qarshi temir yo‘l vokzalida va Shahrisabz shahrida ichki ishlar xodimlaridan iborat “Ezgulik patruli” guruhlari tashkil etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu patrul guruhlariga ayol va erkak ichki ishlar xodimlari jalb etilgan bo‘lib, ularning asosiy vazifasi birinchi navbatda sayyohlarga xizmat ko‘rsatish, ularning har qanday murojaatlarini tinglash va ushbu murojaatlar bo‘yicha sayyohlarga qonuniy yordam berishdan iborat.

“Bundan tashqari, ushbu patrul guruhlarining kiyimlariga ingliz tilida Peace officer ya’ni ‘Ezgulik patruli’ deb yozib qo‘yilganligi hamda kiyimlarining o‘ng tomoniga aynan shunday yozuvga ega maxsus lentalar bog‘langanligi ularni boshqa IIB xodimlaridan farqlab olishda sayyohlarga qulaylik yaratadi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu patrullarga rus, ingliz va boshqa chet tillarini yaxshi biladigan, ijobiy tavsiflangan xodimlar jalb qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют