» » Toshkent viloyatidagi uylardan birida sher bolasi topildi (video)

Toshkent viloyatidagi uylardan birida sher bolasi topildi (video)


Toshkent viloyatining Tutzor qishlog‘idagi xonadonlardan birida Afrika sheri qafasda noqonuniy saqlab kelinganligi aniqlandi. Bu haqda “O’zbekiston 24” telekanaliga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi inspektsiyasi hamda ichki ishlar xodimlari 8 oylik sherni Gulnoza Abzalovaga tegishli qurilayotgan uydan topdi. 

“Tezkor ma'lumot olib, ko'rsatilgan manzilga bordik. Chindan ham u yerdagi qurilish ketayotgan uyda oriqlab ketgan, och sher bolasiga duch keldik. Yarim metrli qafasda hatto aylanishga ham imkoniyat yo’q edi”, — deya hikoya qiladi inspektsiya vakili. 

Jonivor xususiy korxona pitomnigiga tegishli ekanligi aniqlandi, biroq bu yerda unga taalluqli biror hujjat taqdim etilmadi. 

Amaldagi qonunlari mamlakatga olib kiriladigan barcha hayvonlar va o’simliklar bojxona tekshiruvidan majburiy o’tkazilishini ko’zda tutadi. Hayvonot bog‘laridagi jonivorlar alohida hisobda turadi, ularni xususiy tartibda saqlab turish man etilgan. 

Afrika sheri o’ziga kelib olishi uchun poytaxt hayvonot bog‘iga yuborildi. Holat yuzasidan tergov boshlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют