» » Iqtisodiyot vazirligi 2017-yilda shakar narxining qariyb 29 foizga oshganiga izoh berdi

Iqtisodiyot vazirligi 2017-yilda shakar narxining qariyb 29 foizga oshganiga izoh berdi


2017-yilda O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari orasida shakar narxining oshib ketishi sabablari odamlarni qiziqtirgan masalalardan biriga aylandi, deb yozadi O‘zA.

Iqtisodiyot vazirligi mutaxassislarining ma’lum qilishicha, 2017-yilda shakar narxi o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 28,8 foizga oshgan.

“Shakar va qandolat mahsulotlari narxlari o‘sishining asosiy sababi o‘rganilganda ichki ishlab chiqarish quvvatlarining aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish imkoniyatiga ega emasligi, shakar mahsulotiga bo‘lgan mavsumiy tebranishlarni bartaraf etish maqsadida yetarli miqdorda shakar xomashyosi importining amalga oshirilmaganligi aniqlangan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning turli hududlarida yirik savdo markazlari – supermarket va gipermarketlarning mavjud emasligi hamda tovarlar davlat xaridi tizimining yetarlicha rivojlanmagani iste’mol tovarlari narxining oshishida qo‘shimcha sabablar bo‘lgan.

Yirik savdo markazlari narxlarning barqaror saqlab turishda, iqtisodiyotda naqd pul muomalasini tartibga solish, samarali davlat xaridi tizimining joriy qilinishi esa iste’mol tovarlari bo‘yicha mavsumiy tebranishlarning oldini olish va shu orqali inflyatsiyani jilovlash imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют