» » Turkiya Iroq shimolida 49 nafar jangarini yo‘q qildi

Turkiya Iroq shimolida 49 nafar jangarini yo‘q qildi


Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasining salkam 50 nafar a’zosi Iroq shimoliga amalga oshirilgan aviazarbalar natijasida yo‘q qilindi. Bu haqda mamlakat havo kuchlari bosh shtabiga ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“29-yanvar kuni Turkiya Harbiy-havo kuchlarining ikkita aviazarbasi natijasida Iroq shimolidagi Assos (Qandil), Zap, Avashin (Basyan) va Xakurk tumanlariga o‘rnashib olgan ayirmachi terrorchilar tashkilotining 49 nafar a’zosi yo‘q qilindi”, — deyiladi xabarda.

2015-yilning iyulida Turkiyaning terrorchilik tashkiloti bilan qurolli to‘qnashuvi qayta yuzaga kelganidan buyon 900 nafardan ortiq harbiy va politsiyachilar, shuningdek, 300 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan. Turkiya Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davr mobaynida xavfsizlik kuchlari 10 mingdan ortiq jangarini yo‘q qilishga erishgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 51) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют