» » Bektemir tuman sudi giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan 2 kishini sud zalidan ozodlikka chiqardi

Bektemir tuman sudi giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan 2 kishini sud zalidan ozodlikka chiqardi


2017-yil 23-noyabr kuni soat 21:05 da Bektemir tumanida Bektemir yo‘l-patrul xizmati tomonidan olib borilayotgan tezkor tadbir chog‘ida Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan fuqaro Murod O‘rtayevning yonidan marixuana giyohvandlik moddasi topilgan, deb xabar beradi O‘zA.

Fuqaro buni tanishi Ilhom Isoqovdan olganini aytgach, bu ish bo‘yicha chuqurlashtirilgan barcha chora-tadbirlar ko‘rildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Bektemir tumani sudida fuqarolar Murod O‘rtayev va Ilhom Isoqovning giyohvandlik moddalarini yetishtirish, yetkazib berish va iste’mol qilishga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud tomonidan ularning qilmishini o‘zi to‘la anglamagan holda sodir etgani, muqaddam sudlanmagani, chin ko‘ngildan pushaymonligi, oilaviy ahvoli, sodir etgan jinoyatining yomon asoratlarini to‘la anglamagani inobatga olindi. Ularga qo‘yilgan ayblovlar tahlil etilib, fuqarolar ozodlikka chiqarildi.

Murod O‘rtayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga shu moddaga asosan ish haqining 10 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda bir yil axloq tuzatish ishi jazosi tayinlandi.

Ilhom Isoqov esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 2-qismi, 25 hamda 273-moddaning 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topildi. Shu bois unga nisbatan qo‘llanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, jazoni ochiqlikda o‘tashi qat’iy tushuntirilib, sud zalidan ozod etildi.

“Ashyoviy dalil sifatida ikki fuqarodan olingan 4,63 gramm va 115 gramm marixuana giyohvandlik moddalari yo‘q qilindi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют