» » Toshkentda 14-fevraldan sovuq suv tariflari oshadi

Toshkentda 14-fevraldan sovuq suv tariflari oshadi


“Suvsoz” korxonasi Toshkentda sovuq suv tariflari 14-fevraldan oshishi haqida ma’lum qildi. Yangi narxlar poytaxt hokimiyati tomonidan tasdiqlandi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Aholi uchun vodoprovod suvi bir kubometri qiymati 190 so‘mdan 195 so‘mga (koeffitsiyent bilan 1,5 — 285 so‘mdan 292,5 so‘mga, Toshkent hokimining 12-yanvar kungi qarori bilan tasdiqlangan ustama bilan — 392,5 so‘m), kanalizatsiya xizmatlari — 155 so‘mdan 165 so‘mgacha oshadi.

Markazlashgan issiq suv ta’minotiga ega ko‘p qavatli turar-joylarda suv o‘lchagich bo‘yicha to‘lov amalga oshirishda 1 kubometr qiymati 625 so‘m (hozir — 500 so‘m), issiq suv ta’minoti markazlashmagan xonadonlarda — 460 so‘mni (hozir — 345 so‘m) tashkil etadi.

Xususiy sektor uylarida kanalizatsiya o‘tkazilgan xonadonlarda bir kubometr suv tarifi 345 so‘mdan 460 so‘mga, kanalizatsiya tarmog‘i mavjud bo‘lmagan uylarda esa 190 so‘mdan 295 so‘mga oshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют