» » Ehtiyotsizlik oqibatida yaroqsiz holatga tushgan pasportni yangisiga almashtirish uchun qancha jarima to‘lanadi?

Ehtiyotsizlik oqibatida yaroqsiz holatga tushgan pasportni yangisiga almashtirish uchun qancha jarima to‘lanadi?


Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat (pasport) qasddan yaroqsizlantirilsa, beparvolik bilan saqlansa yoki yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda qancha miqdorda jarima to‘lab, yangisini olish mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasiga ko‘ra, pasporti bo‘lishi shart bo‘lgan fuqaroning pasportni qasddan yaroqsizlantirishi, shuningdek, pasportni beparvolik bilan saqlashi va buning oqibatida pasportning yo‘qolishi eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, Prezidentning 2011-yil 5-yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizomda ham javobgarlik pasportni ataylab yaroqsiz holga keltirganlik uchun belgilanishi nazarda tutilgan.

Shunday qilib bu holatda jarima solish uchun avvalambor pasport qasddan yaroqsizlantirilgani isbotlanishi lozim. Bu isbotlangan taqdirda ham aybdor fuqaro jarima miqdorini eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida belgilashni so‘rash huquqiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют