» » Toshkent metropoliteni ilk bor yilni foyda bilan yakunladi

Toshkent metropoliteni ilk bor yilni foyda bilan yakunladi


Toshkent metrosi 2017-yilda birinchi bor foyda ko‘rdi. O‘tgan yilgi daromad 117 million so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Toshkent metropoliteni bosh muhandisi va sobiq rahbari Baxtiyor Sodiqov ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

O‘tgan bir yil davomida 62 million yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, bu 2016-yilga nisbatan 0,2 foizga ko‘p demakdir. Baxtiyor Sodiqovning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar hajmining oshishiga oz bo‘lsada nafaqaxo‘rlarni bepul tashilishi (soat 10:00 dan 16:00 ga qadar) ham xizmat qilgan. Daromad metrodagi reklamalarning ortishi hisobiga kelgan.

Toshkent metropoliteni rahbari Oybek Xudoyqulov metroning kengaytirilishi borasidagi loyihalar — Sergeli liniyasining qurilishi va Yunusobod liniyasining davom ettirilishi haqida so‘zlab berdi.

Avvalroq, uzunligi 7,1 kilometr, qiymati 170,1 million dollarga teng Sergeli metro liniyasi 2020-yilda, Yunusobod liniyasi 2019-yilda foydalanishga topshirilishi haqida xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют