» » 2018-yilda O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarini ta’mirlash uchun 803,6 mlrd so‘m ajratiladi

2018-yilda O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarini ta’mirlash uchun 803,6 mlrd so‘m ajratiladi


2017-yil investitsiya dasturi doirasida sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi 181 ta davolash-profilaktika muassasalarida 552,6 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, deb xabar beradi vazirlik axborot xizmati.

“Joriy yilda bu sohadagi ishlarni yanada kengaytirish, xususan, vazirlik tizimidagi 310 ta tibbiyot inshootlarida qurilish, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash va ularni jihozlash uchun 803,6 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirildi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini maqsadli yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda joriy yil yanvar oyida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 7-bosqich bakalavriat bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazildi va ulardan 1811 nafari umumamaliyot shifokori sifatida ishga yo‘llanma oldi.

Buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida umumiy amaliyot shifokoriga bo‘lgan vakansiyalar to‘liq qoplandi.

“Bundan tashqari, 926 nafar 2-bosqich klinik ordinatura bitiruvchilaridan 907 nafarini tor soha mutaxassisi sifatida ishga joylashtirish hisobiga tor doiradagi mutaxassislarga bo‘lgan vakansiyalar yana qisqaradi. Shuningdek, bu yil tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida bakalavriatura yo‘nalishida ta’lim olayotgan 6-bosqich talabalar ham o‘qishni yakunlab ishga yo‘l oladi. O‘tkazilayotgan ushbu amaliy sa’y-harakatlar natijasida joriy yilda umumiy amaliyot shifokorligi bo‘yicha bo‘sh o‘rinlar 82 foiz, tor mutaxassisliklar bo‘yicha esa 55 foiz qoplanishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют