» » Bojxonachilar 40 mln so‘mlik sigaret va saqichlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

Bojxonachilar 40 mln so‘mlik sigaret va saqichlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Boshpochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan AQShdan fuqaro A.Roziqov (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) nomiga kelgan pochta jo‘natmasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi, deb xabar beradi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ko‘zdan kechirish jarayonida pochta jo‘natmasi 200 quti Parliament va 130 quti Marlboro nomli sigaretlar, 1640 dona turli xil saqichlardan iboratligi ma’lum bo‘ldi.

“Shu tariqa qonunbuzar pochta jo‘natmasi orqali umumiy qiymati salkam 40 million so‘mlik sigaret va saqichlarni olib kirishga uringan”, — deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish hujjatlari tegishli tergov organiga yuborilgan.

Ushbu holat yuzasidan vaqtincha olib qo‘yilgan tovarlar Yashnobod tuman ma’muriy sudi qaroriga asosan davlat egaligiga o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют