» » Chempionlar Ligasi oldidan “Lokomotiv” Janubiy Koreya va Braziliyadan bo‘lgan futbolchilar bilan shartnoma imzoladi

Chempionlar Ligasi oldidan “Lokomotiv” Janubiy Koreya va Braziliyadan bo‘lgan futbolchilar bilan shartnoma imzoladi


Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichi oldidan legioner futbolchilar limitidan to‘liq foydalanishga qaror qildi va yana ikki nafar xorijlik futbolchi bilan shartnoma tuzdi.

Janubiy Koreyadan bo‘lgan Cho Suk Jae endi “temiryo‘lchilar” sharafini himoya qiladi. 24 yoshli hujumchi bungacha “Chonbuk Motors” klubi safida to‘p surib kelayotgandi. U o‘z vaqtida “Chonnam Dragons”, “Anyang” kabi klublarda ham o‘ynagan.

Yarim himoyani kuchaytirish maqsadida esa braziliyalik Nivaldo Toshkentga keladigan bo‘ldi. 29 yoshli futbolchi Belorusning “Dinamo Brest” klubida o‘ynayotgandi. O‘z vaqtida u Braziliyaning “Baraunas”, Qozog‘istonning “Atirau”, Rossiyaning “Sibir”, “Luch Energiya” klublarida ham o‘ynagan.

Bungacha “Lokomotiv” safida gruziyalik Kaxi Maxaradze hamda serbiyalik Igor Yelich bor edi. Shu tariqa “temiryo‘lchilar” Chempionlar Ligasining 3+1 legionerlar limitidan to‘liq foydalandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют