» » Respublika ishchi guruhi ohangaronliklarning muammolarini o‘rgandi

Respublika ishchi guruhi ohangaronliklarning muammolarini o‘rgandi


Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida Prezident devoni, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar mas’ul xodimlaridan iborat respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy qabul o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2017-yil 1-yanvardan bugungi kunga qadar Prezidentning virtual qabulxonasiga Ohangaron tumani fuqarolaridan 5991 murojaat, Ohangaron shahri aholisidan esa 144 murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 26 foizi Ohangaron tumani hokimligi vakolati doirasida bo‘lib, hokimlik mutasaddilari tomonidan ularning 1554 tasi ko‘rib chiqilgan, 3 ta holat bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda.

Murojaatlarning 38,9 foizi Ohangaron shahar hokimligi vakolati bilan bog‘liq bo‘lib, ularning 98 tasi ko‘rib chiqilgan. Qolgan 46 holat bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda.

Murojaatlar asosan sud-huquq, soliq sohasiga oid muammolar, yer-kadastr, bankdan kredit olish, ishga kirish, turar joy, kommunal xizmat, sog‘liqni saqlash, bolalar nafaqasi, alimentni undirish kabi masalalardir. Yo‘l qurilishi, pensiya va nafaqa ta’minotiga aloqador ko‘plab murojaatlar ham Ohangaron shahar va tuman aholisini o‘ylantirayotgani ma’lum bo‘ldi. Aniqlangan kamchilik va qilingan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.

Ohangaron shahri Orzu mahallasidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi Gulmira Oxunova hududda bolalar maydonchasi, avtomashinalar uchun maxsus turar joy qurish bo‘yicha ommaviy qabulga qilgan murojaati ijobiy yechim topadigan bo‘ldi.

Tumandagi “No‘g‘oy qo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Sarvinoz Abdusamadova kichik farzandi II guruh nogironi bo‘lgani uchun unga qarab, anchadan buyon ishga joylasholmayotgan edi. Ommaviy qabulda soha xodimlari tomonidan uning oilaviy shiroiti o‘rganilib, tumanda yangi tashkil qilinayotgan tekstil zavodiga ishga qabul qilinadigan bo‘ldi.

Shuningdek, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Toshkent viloyati hududiy filiali tomonidan aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan fuqarolarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkilotchilar tomonidan 8 turdagi dori-darmon bepul tarqatildi.

Ommaviy qabullar Bekobod va Olmaliq shaharlarida ham o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют