» » Farg‘onalik fermerlarga Qoraqalpog‘istonda zaxira yer maydonlari ajratildi

Farg‘onalik fermerlarga Qoraqalpog‘istonda zaxira yer maydonlari ajratildi


Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida Farg‘ona viloyatidan kelgan 130 nafardan ortiq fermer zaxira yer maydonlarini olib, fermerlik va tadbirkorlik ishlarini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yil boshidan buyon farg‘onalik fermerlar tomonidan 90 loyiha tayyorlanib, shundan 60 loyihaga 5045 gektar yer maydoni ajratildi.

Bu maydonlarda paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etish rejalashtirilgan.

Hozirda Farg‘ona viloyati va Taxtako‘pir tumani hokimliklari tomonidan loyihalar tayyorlanib, yer konturlari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, suv yo‘llari, bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, issiqxonalar tashkil etish, bog‘ yaratish, ko‘p tarmoqli tadbirkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan har bir taklif chuqur o‘rganib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют