» » Navoiyda qurilayotgan ko‘p qavatli uyning har qavatida bog‘ yaratiladi

Navoiyda qurilayotgan ko‘p qavatli uyning har qavatida bog‘ yaratiladi


Navoiy shahrida barpo etilayotgan 7 qavatli Garden House uylar majmuasida qurilish ishlari yakunlandi. Bu uylarning o‘ziga xosligi shundaki, har bir qavatda kichik bog‘ tashkil etib, mevali va sitrus ko‘chatlar yetishtirish imkoniyati mavjud, deb xabar beradi O‘zA.

“Navoiy komfort qurilish servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 270 xonadonga mo‘ljallab bunyod etilgan turar joy binosining yerto‘lasida bolalar uchun turli attraksionlar o‘rnatilgan, ko‘ngilochar o‘yinlar zali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Birinchi qavatda oilaviy oshxona, bouling zali va do‘konlar joylashgan. Yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i aholi uchun qulaylik yaratadi.

— Binolarning isitish tizimi markazlashtirilgan bo‘lib, eng zamonaviy qozonlar bilan jihozlangan, — deydi “Navoiy komfort qurilish servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari Shuhrat Tillayev. — Majmuaning xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati xonadonlarga namunali xizmat ko‘rsatadi. 7 qavatli binoning har bir qavatidagi kichik ayvonda aholi dam olishi hamda pakana navli daraxt ko‘chatlarini parvarishlashi uchun kichik bog‘ maydoni ajratilgan.

7-qavatda kichik mehmonxona joylashgan. Majmua hovlisi o‘ralgan bo‘lib, maxsus qo‘riqlash xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Bolalar uchun yozgi cho‘milish havzasi, sun’iy qoplamali futbol va voleybol maydonlari barpo etilmoqda. Bino old qismida musiqali favvora o‘rnatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют