» » “Olmaota—Bishkek—Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lida foto va video qayd etish to‘liq ishga tushdi

“Olmaota—Bishkek—Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lida foto va video qayd etish to‘liq ishga tushdi


“Olmaota—Bishkek—Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lida foto va video qayd etish to‘liq ishga tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Toshkent viloyati hududidan o‘tgan M39 “Olmaota—Bishkek—Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lining 806-871 kilometrlari oralig‘ida maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar o‘rnatilib, joriy yilning 20-yanvar kunidan buyon sinov tariqasida foydalanilayotgan edi.

Endilikda mazkur avtomobil yo‘liga o‘rnatilgan fotoradarlar shu oydan boshlab to‘liq ishga tushirildi.

Yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchilarni aniqlashga mo‘ljallangan mazkur maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar qisqa muddatda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarida bosqichma-bosqich o‘rnatilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют